"Sof Expo Samarkand" koʻrgazma majmuasida Oʻzbekistonda qurilish industriyasini rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro qurilish koʻrgazmasi va forumi o‘tkazildi. Unda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali mutaxassislari ham faol ishtirok etdi.
Qurilish sohasidagi barcha yangi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar o‘rin olgan ko‘rgazma doirasida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va muvoqlikni baholash yo‘nalishlarida taqdimotlar qilinib, yangi korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatildi.