Navoiyda Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Bosh sahifa Yangiliklar Navoiyda Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Bayrog‘imiz o‘zida butun xalqimizning asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmon do‘stlikni mujassam etgan.
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Navoiy filialida Karmana tumani Xalq demokratik partiyasi kengashi, Karmana tumani ekologik partiyasi kengashi raislari, Karmana tumani kasb-hunar maktabi o‘quvchilari hamda tuman axborot–kutubxona markazi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosobati bilan “Yuksaklarda hilpirayver bayrog‘im” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir. Respublikamiz davlat bayrog‘idagi ramzlar O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi millat va elatlarning an‘analarini o‘zida mujassamlashtirgan.