Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonalariga GSP+ tizimi afzalliklari tanishtirildi
Bosh sahifa Yangiliklar Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonalariga GSP+ tizimi afzalliklari tanishtirildi
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali tomonidan Karmana tumanida viloyatda faoliyat olib borayotgan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar vakillari uchun seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "Yevropa Ittifoqining GSP+" tizimi doirasida imtiyozga ega boʻlgan mahalliy maxsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha chora tadbirlar dasturi"ga muvofiq o‘tkazilgan ushbu seminarda Departament, O‘zMMI, viloyat hokimligi, Investitsiya, sanoat va savdo bo‘limi hamda Inson huquqi madaniyat markazi xodimlari ham ishtirok etdi.