Milliy liboslar — milliy qadriyatlar bezagi!

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida "Xon atlas" festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasida faoliyat yurituvchi ayollar anʼanaviy "Xon atlas — 2023" festivalida milliy liboslar bilan faol ishtirok etdi.