"MEHRIGIYO" korxonasida oʻrganish olib borildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qo‘qon filiali tomonidan mahalliy eksportyor korxonalar faoliyati bilan tanishish, sohaga oid masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, filial xodimlari Uchko‘prik tumanida joylashgan "MEHRIGIYO" korxonasida oʻrganish olib bordi. Korxona hozigi kunda 30 dan ortiq shifobaxsh choylar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mazkur korxona joriy yilning o‘tgan davri mobaynida AQSH, Rossiya, Qozog‘ston, Qirg‘iziston va Saudiya Arabistoni davlatlariga eksport qilishga erishdi.
Jarayonda korxona normativ hujjatlar va texnik reglamentlar bilan ta’minlanib, masʼullarga sifatli mahsulot ishlab chiqarish, standartlashtirish hamda GSP+ tizimi doirasida eksportga yoʻnaltirish afzalliklari xususida tushunchalar berildi.