"Makrofarm Andijon" korxonasida xalqaro standart joriy etildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Andijon filiali tomonidan Andijon shahrida faoliyat yurituvchi investitsiya dasturi asosidagi "Makrofarm Andijon" korxonasiga doimiy ravishda amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Umumiy qiymati 1,8 million AQSh dollarlik chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan mazkur korxonada bir marotaba ishlatiladigan sterillangan shpritslar va infuzion sistema mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Filialning Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi mutaxassislari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hamda hamkorlikdagi ishlar, mahsulotlarning sifatini ta’minlash borasidagi sayi-harakatlar natijasida ushbu korxonada xalqaro muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan ISO 13485:2016 xalqaro standarti talablari joriy etilib, sertifikatlashtirildi.