"KVARTS" aksiyadorlik jamiyatiga muvofiqlik sertifikati topshirildi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida faoliyat yuritib kelayotgan "KVARTS" aksiyadorlik jamiyati shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Bir necha yilllar davomida korxona bilan metrologiya, sertifikatlashtirish va standartlashtirish sohalarida hamkorlikda ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilning avgust oyida jamiyat o‘z mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish jarayonida importyor tomonidan mahsulotga muvofiqlik sertifikati talab etganligi sababli "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati" davlat muassasasi Farg‘ona filiali tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirish ishlari olib borilib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan shisha banka mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirib berildi.
Buning natijasida jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan shisha banka mahsulotlari Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlariga eksportining uzluksizligi ta’minlanishiga erishiladi.