Konstitutsiya — porloq kelajagimiz poydevori!

Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligi, u hech kimga qaram boʻlmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolat hamda bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilishi barchamizda gʻurur tuygʻusini uygʻotadi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31 yillik shodiyonasi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda Markaz direktori oliy bosh qomusimizning yangi tahriridagi o‘zgarishlar, inson huquqlari oliy bosh mezonga aylanganligi hamda tadbirkorlar manfaatlarini himoyalash alohida belgilangligi xususida so‘z yuritib, bayram munosabati bilan xodimlarni samimiy tabrikladi. Tadbir yakunida sohada samarali va faol mehnat qilib kelayotgan xodimlarga Konstitutsiya kitobi va esdalik sovg‘alari topshirildi.