"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filialida viloyat Adliya boshqarmasi masʼullari hamda tizim tashkilotlarining hududiy filial xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan Konstitutsiya — bosh qomusimiz" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Navoiy filiali rahbari tadbir ishtirokchilarini, taklif etilgan mehmonlarni yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Sohada erishilgan yutuqlar, oldinga qo‘yilgan rejalar, Navoiy filialida amalga oshirilishi belgilangan ishlar to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga ma’lumotlar berildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.