O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼullari Janubiy Koreya Respublikasining "Korea Conformity Laboratories" tashkiloti mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot doirasida standartlashtirish va muvoqlikni baholash yo‘nalishida xorijiy kompaniya tomonidan joriy yilning noyabr oyida mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘quv-amaliy seminar dasturlari ko‘rib chiqildi.
Markazda tashkil etilayotgan konditsioner mahsulotlarining elektr samaradorligi baholash laboratoriyasi hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xorijiy delegatsiya vakillari tomonidan ijobiy baholandi.
Bundan tashqari, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasidagi muzokaralar mobaynida tomonlar o‘rtasida o‘zaro memorandum imzolashga kelishib olindi.