Investitsiya loyihasi asosida ishga tushirilgan korxonada uchrashuv boʻlib oʻtdi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Xorazm filiali mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyatida sanoat yo‘nalishida 2023-yilda yangi investitsion loyihalar asosida ishga tushirilgan "XORAZM ILMIY INNOVATSION MAHSULOTLARI" xususiy korxonasida uchrashuv o‘tkazildi.
Korxona mas’ullariga Vazirlar Mahkamasining 826-sonli qarori mazmun-mohiyati va xalqaro sertifikatlarini olish borasida imtiyozlar hamda GSP+ tizimi doirasidagi imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar va qo‘llanmalar taqdim etildi. Shuningdek, mahsulotlarni standart talablari asosida qadoqlash va yorliqlashni tartib qoidalari borasida tushuntirishlar berildi. Bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ISO 9001 xalqaro standarti asosida sertifikatlashtirilgan.
Jarayonda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standart talablariga muvofiq ishlab chiqarish, GSP+ tizimi imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda mahsulotlarni Yevropa davlatlariga yo‘naltirish masalalari ham muhokama qilindi.