Hududiy filial sinov laboratoriyalar majmuasi akkreditatsiya doirasi kengaytiriladi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qo‘qon filiali sinov laboratoriyalar majmuasida keramika va plastmassa mahsulotidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlarining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha verifikatlash sinovlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda Qo‘qon filiali sinov laboratoriyalar majmuasi akkreditatsiya doirasini 47 xil sinov usullari bilan kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida, hududda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish va eksportyor korxonalarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshishiga erishiladi.