Hamkorlikdagi loyiha taqdimoti o‘tkazildi

"UzTest" davlat muassasasi hamda "KCL" kompaniyasi tomonidan "O‘zbekistonda konditsionerlarning energiya samaradorligini baholash bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasini tashkil etish" loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Unda Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ko‘p tomonlama rivojlanish hamkorlik va gumanitar yordam bo‘limi direktori Xeo Yun Chjon, Tashqi aloqalar bo‘limi va Rivojlanish bo‘yicha hamkorlik departamenti xodimi Shin Yoon Seong, Seul Milliy Universiteti, SNU tibbiyot kolleji va kasalxonasi Xalqaro sog‘liqni saqlash siyosati va menejmenti professori Joohvan Oh ishtirok etdi.
Uchrashuvda qo‘shma loyihaning ahamiyati, undagi ustuvor vazifalar yoritib berildi. Koreya vakillari dasturni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.