Farg‘onada sayyor qabul o‘tkazildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi direktori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar hamda sanoat korxonalarining faoliyati davomida yuzaga kelayotgan sohaga oid muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Farg‘onada viloyatida tashkil etilgan mazkur qabulda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi. Bundan tashqari, muvofiqlikni baholash sohasidagi muammolarning yechimi borasida zarur tavsiyalar berib o‘tildi.