Fargʻonada xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10—13-oktyabr kunlari OʻzMMI Farg‘ona filialida ilk marotaba Germaniya federal fizika-texnika instituti (PTB) bilan hamkorlikda "Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash" loyihasi doirasida mintaqaviy seminar o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilari "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Farg‘ona filiali sinov laboratoriyalar majmuasi faoliyati bilan tanishib, mutaxassislar bilan o‘zaro fikrlar almashdi.
Jarayonda zamonaviy sinov uskunalari va murakkab sinov uslublari xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.