Eksportyor korxonalar uchun seminar-trening tashkil etildi

Farg‘ona shahar Monomarkazi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "Yevropa Ittifoqining "GSP+" tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi"iga asosan eksportyor korxonalar vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda Investitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi hamkorlikdagi mazkur seminar-treningda viloyatdagi 200 dan ortiq eksportyor korxona vakillari qatnashdi. Yetuk mutaxassilar tomonidan "GSP+" tizimi doirasida imtiyoz to‘g‘risida ma’rejalar qilinib, taqdimotlar namoyish etildi. Seminar yakunida korxonalar vakillari va mutaxassislar o‘rtasida savollar-javoblar o‘tkazildi.