Mamlakatimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi, sanoat va eksportyor korxonalarga keng imkoniyatlar yaratilib, mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishda berilgan xulosalarni tan olinishiga hamda xorijiy davlatlarda ortiqcha sinovlar olib borilishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tejalishiga erishilmoqda.
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan hududimizdagi ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalarga amaliy yordam va konsultativ xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Filialning sinov laboratoriyalar majmuasi O‘zDst ISO/IEC 17025-2019 talablari bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazilib, faoliyat olib bormoqda. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida, namunalarni tez va sifatli tarizda laboratoriyaga yetkazib berish uchun logistika xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda filialning oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyasida Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan "SANTEXGAZMONTAJ" masʼuliyati cheklangan jamiyatining 1-navli bo‘g‘doy uni mahsuloti sinovdan o‘tkazildi va sinov bayonnomasi ramiylashtirildi. Hozirgi vaqtda korxona tomonidan 1-navli bo‘g‘doy unini Afg‘oniston davlatiga eksport qilish rejalashtirilgan.