Sinov laboratoriyalar majmuasida ochiq eshiklari kuni bo‘lib o‘tdi

Andijon tuman 1-son kasb-hunar maktabi talabalari ochiq eshiklar kuni doirasida "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Andijon filiali sinov laboratoriyalar majmuasi hamda malakali mutaxassislar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Hududiy filial sinov laboratoriyalari majmuasi mutaxassislari tomonidan talabalarga laboratoriyada mavjud sinov uskunalarining ishlash prinsiplari bo‘yicha maʼlumotlar berildi.