"BREND INVEST TEXTIL" korxonasining sohaga oid muammolari o‘rganildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Bekobod filiali mutaxassislari Bekobod shahrida faoliyat yurituvchi "BREND INVEST TEXTIL" mas’uliyati cheklangan jamiyatida boʻlib, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxonaning sohaga oid muammolari va takliflarini oʻrgandi.
Korxona vakillariga GSP+ doirasida eksport qilish samaradorligi, Yevropa bozoriga eskport qilishdagi talablar, Vazirlar Mahkamasining 826-sonli qarori mazmun-mohiyati, xalqaro standartlarning va texnik reglamentlarning ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, mahsulot turlari va eksport salohiyatini oshirish choralarini koʻrish yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi.