Belorussiyalik mutaxassislar sinov laboratoriyalar majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Belorus davlat sanitar-gigiyena instituti vakillari "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining Oziq-ovqat mahsulotlari sinov laboratoriyasi va mutaxassislar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Jarayonda xorijiy ekspertlar majmua faoliyatini ijobiy baholadi. Bundan tashqari, uchrashuv mobaynida ular tomonidan yangi loyihalar taqdimot qilinib, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.