"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Olmaliq filiali Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi hamda tuman investitsiya bo‘limi mutaxassislari Ohangaron tumanida joylashgan, bolalar tagliklarini ishlab chiqaruvchi "AKHANGARAN HYGIENIC" mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘rganish olib bordi.
Jarayonda sohaga oid muammolar tahlil qilinib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. ISO 9001 standarti asosida sertifikatlashtirish jarayonlari xarajatlarini qoplab berish yuzasidan qaror mohiyati tushuntirildi. Korxona bilan kelgusida hamkorlikda ishlash borasida kelishuvga erishildi.