Har yili noyabr oyining ikkinchi payshanbasida oʻtkaziladigan Butunjahon sifat kuni bu yili "Sifat: raqobatbardosh salohiyatingizni ro‘yobga chiqarish" shiori ostida o‘tkazilmoqda. Ushbu kunning asosiy maqsadi jamiyatning sifat haqida xabardorligini oshirish orqali mamlakatlar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdan iborat.
Barcha ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatish korxonalari uchun sifat va menejment tizimlarining muhimligi raqobatbardosh boʻlish bilan birga uning brendi, xalqaro miqyosdagi oʻrni va obroʻsini oshirishga bevosita xizmat qiladi.
Mahsulotlarning sifatini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" jamoasi doimo yurtdoshlarimizga salomatlik, isteʼmolchilarga esa hayoti farovon bo‘lishini tilagan holda xalqimizni sifat kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.