Santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga muvofiqlik sertifikati topshirildi
Bosh sahifa Yangiliklar Santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga muvofiqlik sertifikati topshirildi
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida faoliyat yuritib kelayotgan "EKOKERAMA" ma’suliyati cheklangan jamiyati santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati" davlat muassasasi Farg‘ona filiali mutaxassislari ushbu korxonada mahsulotlar sifati yuzasidan o‘rganish olib bordi. Jarayonda mutaxassislar tomonidan korxona mas’ullariga GSP+ imtiyozlari tadbiq etiladigan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi talablar mohiyati va afzalliklari tushuntirib berildi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarining ijobiy yakunlariga ko‘ra rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati topshirildi. Muvofiqlik sertifikati Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga eksportni davom ettirish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, korxonaning tayyor mahsulotlarini sifat nazoratini o‘tkazib borayotgan sinov majmuasi faoliyati bilan tanishildi. Laboratoriyani akkreditatsiyadan o‘tkazish, hujjatlar tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatilishi taklif qilinib, bu borada kelishuvga erishildi.