"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qashqadaryo filialida "O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga taklif etilgan Qarshi davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi tilshunos olimasi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Shoxida Karomova xodimlarga 21-oktyabr milliy tilimiz bayrami sifatida rasmiy tarzda nishonlanishi, har yili bayram turli shiorlar ostida o‘tkazilishini taʼkidladi. Bundan tashqari, davlat tilida ish yuritish uslublari, lotin alifbosida imlo qoidalari, tinish belgilarining to‘g‘ri ishlatilishi hamda bu borada uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.