Toshkent viloyati Olmaliq shahar axborot-kutubxona markazida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Olmaliq filiali xodimlari ishtirokida "Ona tilim — ezgu yoʻlim" mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga Olmaliq shahar hokimligi Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi targʻibotchilari hamda ona tili va adabiyot o‘tivchilari taklif etildi. Hududiy filial tomonidan kutubxonaga ma’rifiy ishlarida yaqindan hamkorlik va yordam uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.