Mahsulot yoki xizmatlar standartga va boshqa meyoriy hujjat talablariga mosligini ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida ko‘rsatilgan belgi tushuniladi.
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yorligʻiga yoki tovar transport yuk xatida qoʻyiladigan ushbu belgi mahsulot sertifikatlanganligidan dalolat beradi. Har bir mahsulotning meʼyoriy hujjatida sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot (muvofiqlik belgisi) koʻrsatilishi milliy qonunchiligimizda belgilab qoʻyilgan.
Eng muhim jihati shundaki, isteʼmolchi ishonch hosil qilish uchun mahsulotlar boʻyicha muvofiqlik sertifikatini talab qilish huquqiga ega!