"Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda muassasaning hududiy filiallarida obodonlashtirish

"Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda muassasaning hududiy filiallarida obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazildi.

Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida "UzTest" davlat muassasasi masʼullari, mutaxassis va xodimlari oʻzlari mehnat qilayotgan hududlarni, koʻchalarni obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, biriktirilgan binolarni hamda texnik jihozlarni tozalash ishlarida jonbozlik koʻrsatdilar. Ana shunday xayriya tadbirlari yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqi uchun fidoyi boʻlish, uni yanada obod etish, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini koʻtarish, milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash va mustaqilligimizning 30 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi.

 

Возможно, это изображение (дерево, на открытом воздухе и текст)Возможно, это изображение (дерево, на открытом воздухе и текст)Возможно, это изображение (стоит, дерево, на открытом воздухе, памятник и текст)Возможно, это изображение (дерево, на открытом воздухе и текст)Возможно, это изображение (стоит и текст)Возможно, это изображение (1 человек, дерево, на открытом воздухе и текст)