Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda
Bosh sahifa Yangiliklar Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Namangan filiali hamda Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan Namangan shahar hokimligida "GSP+" tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarni Yevropa bozorlariga eksport qilish mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda Namangan viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi masʼullari, tizim tashkilotlari mutaxassislari, shahar va tuman Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari hamda viloyatdagi yirik tadbirkorlik subyektlari hamda eksportyor korxonalar vakillari ishtirok etdi.