Koʻchat ekish — xayrli amal!

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qashqadaryo filiali xodim va ishchi-xizmatchilari ushbu xayrli ishga daxldorlik hissi bilan faol ishtirok etmoqda.
Bugun nafaqat koʻchat ekish, balki mazkur nihollarni parvarishlashga doimiy eʼtibor qaratilgan. Bir soʻz bilan aytganda, ertangi kunga umid bilan qadalgan har bir nihol vatanimiz ekologik muhitini yaxshilashga bevosita xizmat qiladi.