Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida faoliyat yurituvchi elektrogeneratorlar ishlab chiqarish loyihasini tashkil qilgan "SIRDARYOELTEXSANOAT GROUP" masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi "davlat muassasasi Sirdaryo filiali mutaxassislari tomonidan korxonada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilayotgan elektrogenerator mahsulotlari sifati tekshiruvdan o‘tkazildi. Korxona vakillariga muvofiqlikni baholash va tasdiqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablari yetkazildi. Shuningdek, mahsulotlarni ishlab chiqarish talablari, sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borildi.