Korxonalar eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Bugungi kunda O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalariga xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan ISO 9001, ISO 14001, ISO 50001 menejment hamda GSP+ tizimlari to‘g‘risida maʼlumot berish va shu orqali eksportni oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Olmaliq filiali mutaxassislari bilan sohada hamkorlik qilish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Uyushma mutaxassislariga sohaga oid tushunchalar berilib, soha xizmatlarini taklif etgan holda kelgusida hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.