Investitsiyalar doirasida korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga eʼtibor qaratilmoqda

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Buxoro filiali masʼullari "Nigora" masʼuliyati cheklangan jamiyatida o‘rganish olib bordi.
Mazkur korxona negizida to‘qimachilik faoliyatini modernizatsiya qilish va bo‘yash liniyasi tashkil etilmoqda. Korxona tomonidan investitsiya dasturi doirasida jami 22 mln. AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda, paxta xom-ashyosidan ip-kalava va undan mato ishlab chiqargan holda bo‘yash hamda tayyor kiyim-kechaklar tikishni tashkil etish orqali faoliyatini kengaytirish maqsadida 2023-yilda qo‘shimcha 4,2 mln. AQSH dollarlik investitsiyalar kiritilgan. Mazkur to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni to‘liq o‘zlashtirish natijasida zamonaviy tikuvchilik dastgohlarini o‘rnatilib, qo‘shimcha 800 ta ishchi o‘rni yaratiladi.
Korxonani yil yakuniga qadar ishga tushirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismini Shvetsariya, Germaniya, Italiya kabi davlatlarga eksportga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
O‘rganishlar davomida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish yuzasidan masʼullarga zarur tavsiyalar berib o‘tildi.