"O‘zbekiston ilmiy–sinov va sifat nazorat markazi" davlat muassasasi Sirdaryo filiali va Chirchiq filiali sinov laboratoriyalar majmuasi xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish jarayonlari tashkil qilindi.
Sinov labaratoriyalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish, sinov jarayonlari ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘rganish hamda ijobiy tajribalarni kelgusi faoliyatga tadbiq etishga qaratilgan ushbu mashg‘ulotlardan asosiy koʻzlangan maqsad faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat.
Zero, fikr-mulohazalar asosida amalga oshirilgan har qanday ishning natijasi ancha salmoqli bo‘ladi.