Harbiylar uchun sinov mashgʻuloti oʻtkazildi

Qarshi janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy xizmatchilari "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qashqadaryo filialining sinov laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Harbiylar sinov majmuasida mavjud uskuna va jihozlar bilan ishlash jarayonlari, sinash to‘g‘risida ilk amaliy koʻnikmalarga ega boʻldilar. Mashgʻulot davomida sifatli sinovlarni amalga oshirish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish borasida bilimlar berildi. Harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollarga laboratoriyaning malakali mutaxassislari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.