"FENIKS TEX" xususiy korxonasida o‘rganish olib borildi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi "FENIKS TEX" xususiy korxonasi yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati" davlat muassasasi Farg‘ona filiali mutaxassislari ushbu korxonada mahsulotlar sifati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Jarayonda korxonaga GSP+ imtiyozlari tadbiq etiladigan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi talablar mohiyati va afzalliklari tushuntirildi. Bundan tashqari, mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlari ijobiy yakunlariga ko‘ra rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati topshirildi. Mazkur sertifikat Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga eksportni davom ettirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, filial mutaxassislari korxona sinov majmuasi faoliyati bilan tanishib, laboratoriyani akkreditatsiyadan o‘tkazish va hujjatlar tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdi.