Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da viloyat hokimining Investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirokida tadbirkorlar va eksportyorlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda tadbirkorlik sohasida yuzaga kelayotgan to‘siqlar, ishlab chiqarishda va mahsulotlarni eksport qilishdagi muammolar, mahsulotlarni yetishtirishda taklif va tavsiyalar, oldinda turgan aniq reja-vazifalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Tegishli mutasaddi tashkilotlar qatorida "UzTest" davlat muassasasi Farg‘ona filiali masʼullari sertifikatlashtirish, standartlashtirish, metrologiya, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish, sifat menejmenti tizimlari va xalqaro standartlarni mohiyati hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladigan amaliy yordam, ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma’ruzalar qildi. Uchrashuv yakunida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.