Davlat tili qabul qilinganligining 34 yilligi Jizzax filialida keng nishonlanmoqda
Bosh sahifa Yangiliklar Davlat tili qabul qilinganligining 34 yilligi Jizzax filialida keng nishonlanmoqda
Betakror madaniy-ma’rifiy boyliklar, asriy qadriyatlar til tushunchasiga payvandlanadi. Dunyoda tillar ko‘p, lekin har bir xalq uchun o‘z tili aziz va muqaddas, davlat tili – milliy mustaqillikning muqaddas timsoli, jamiyat ko‘zgusi va davlat ramzi sanaladi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Jizzax filialida davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Unda milliy g‘ururimiz bo‘lgan o‘zbek tilining yaralish tarixi xususida so‘z bordi. Bu kabi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.