"BNBM Building Materials Central Asia" qo‘shma korxonasida o‘rganish olib borildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼul xodimlari Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida joylashgan gips plita mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "BNBM Building Materials Central Asia" qo‘shma korxonasida o‘rganish o‘tkazdi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu korxonadagi o‘rganishlar davomida ichki va tashqi bozorga standartlarga toʻliq javob bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan tushunchalar berildi. Bundan tashqari, mahsulotlarni GSP+ tizimi doirasida eksport qilish afzalliklari boʻyicha maʼlumotlar taqdim etilib, sohaga doir masalalar yuzasidan tomonlar oʻrtasida hamkorlikni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishib olindi. Shuningdek, kelgusida korxonada akkreditlangan sinov laboratoriya tashkil qilish xususida tavsiyalar berib o‘tildi.