"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Andijon filiali metall mahsulotlarini sinash laboratoriyasida Andijon agrar qishloq xo‘jaligi instituti agroinjeneriya fakulteti talabalari ishtirokida o‘quv-amaliy mashgʻuloti o‘tkazildi.
Jarayonda sinov majmuasi mutaxassislari tomonidan oliy ta’lim muassasasi talabalariga armatura mahsulotini sinovdan o‘tkazish, metalning uzilish chegarasi, bukilish burchagi va uning tarkibi bo‘yicha ko‘rgazmali misollar bilan atroflicha tushunchalar berildi.