Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan "TEXNO BRS" xususiy korxonasi yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markax" davlat muassasasi Bekobod filiali mutaxassislari ushbu korxonada mahsulotlar sifati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Jarayonda korxonaga GSP+ imtiyozlari tadbiq etiladigan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi talablar, OEKO-TEX STANDART 100, ISO 9001:2015, WRAP xalqaro sertifikatlarining afzalliklari, Vazirlar Mahkamasining 826-qaroriga asosan eksportyorlarga xalqaro standartlarni joriy etishda moliyaviy yordam ko‘rsatilishi tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, mahsulotlarni sinovini o‘tkazish va sertifikatlashtirish maqsadida Markaz sinov laboratoriyalar majmuasiga namunalar topshirildi.