"Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Bosh sahifa Yangiliklar "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Milliy mustaqillik el-yurt uchun jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbasi bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tizim tashkilotlari xodimlariga istiqlolimizning naqadar oliy neʼmat ekanligi xususida maʼruzalar qilindi.