"Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!"

Mustaqillik tufayli jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti tobora mustahkamlanmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shu yo‘lda xizmat qilayotgan "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining bir guruh xodimlari Mustaqillik bayrami arafasida eʼtirof etildi. Istiqlol shodiyonasining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Markaz rahbari J.Shukurov butun xalqimiz va jamoaga samimiy tilaklarini bildirib, samarali mehnat qilib kelayotgan Markaz va uning hududiy filiallari fidoyi xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.