Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan, "VAK-MAK" brendi ostida makkajoʻxori mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "FRESH FOOD PACK" masʼuliyati cheklangan jamiyati "GLOBAL G.A.P" xalqaro standarti asosida sertifikatlashtirildi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Olmaliq filiali Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida qo‘lga kiritilgan mazkur sertifikat korxona mahsulotlarini eksport qilishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi.