Un mahsulotlari sifati nazoratdan o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan, bug‘doy uni mahsulotlari ishlab chiqarish va eksporti bilan shug‘ullanuvchi "INTERGRAIN" masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Sirdaryo filiali mutaxassislari tomonidan korxonada ishlab chiqarilayotgan bug‘doy uni mahsulotlarining sifati nazoratdan o‘tkazildi. Jarayon davomida korxona vakillariga muvofiqlikni baholash va tasdiqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablari yetkazildi. Shuningdek, mahsulotlarni ishlab chiqarish talablari, sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish tartibi xususida ham keng tushuntirish ishlari olib borildi.