Un mahsulotlari sifati nazoratdan o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan, bug‘doy uni mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksporti bilan shug‘ullanuvchi "ARIMEX" masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi "davlat muassasasi Sirdaryo filiali mutaxassislari tomonidan korxonada ishlab chiqarilayotgan bug‘doy uni mahsulotlarining sifati nazoratdan o‘tkazilib, korxona vakillariga muvofiqlikni baholash va tasdiqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablari yetkazildi. Shuningdek mahsulotlarni ishlab chiqarish talablari, sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borildi.