Trikotaj mahsulotlari sifati nazoratdan o‘tkazildi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan "KURAMA-VOSTOK" xususiy korxonasida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Bekobod filiali mutaxassislari o‘rganish olib bordi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berilib, mahsulotlarning sifati va ishlab chiqarish hajmini oshirish oshirish hamda eksportga yo‘naltirish afzalliklari borasida maʼlumotlar taqdim qilindi.