Toshkentda sanoat ko‘rgazmasi boshlandi

Toshkent shahrida joylashgan O‘zekspomarkazda O‘zbekistondagi xalqaro qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va restoran biznesi ko‘rgazmasi boshlandi. Mazkur ko‘rgazmada "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
24—26-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu yarmarka doirasida Markaz mutaxassislari ishlab chiqarish va eksportyor korxonalar vakillari bilan uchrashib, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va muvoqlikni baholash sohasida hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirmoqda.