Til — millat ko‘zgusi!

Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishmasligi ayni haqiqat.
Inson o‘z ona tili bilan ulg‘ayadi, kamolga yetadi. Inson go‘zalligi, maʼnaviyati, buyuk merosi, xatto olam barqarorligining asosi ham bu tildir. Shu sabab onadek aziz uz ona tilimizni asrab avaylash, eʼzozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filialida "O‘zbek tili– milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Karmana tumani Аxborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi.