Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan "TEXTILE FINANCE KHOREZM" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga O‘zTTSA hamda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Xorazm filiali masʼullari tomonidan O‘zDSt ISO 9001:2015 xalqaro sertifikati topshirildi.
Bugungi kunda ushbu korxona ip kalava va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Viloyatdagi yirik eksportyordan biri hisoblangan mazkur korxonaga kelgusida eksport geografiyasini yanada kengaytirishga munosib sharoit yaratildi.