Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida faoliyat yuritib kelayotgan "MUS AB BAROKOT" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilish yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida mahsulotlarni Rossiya davlatiga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati" davlat muassasasi Farg‘ona filiali mutaxassislari ushbu korxonada mahsulotlar sifati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Jarayonda korxona vakillariga "GSP+ tizimi" imtiyozlari tatbiq etiladigan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, OEKO-TEX STANDART 100, ISO 9001:2015, WRAR xalqaro sertifikatlari mohiyati va afzalliklari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 826-qarorida eksportyorlarga xalqaro standartlarni joriy etishda moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, mahsulotlarni sinovini o‘tkazish maqsadida Markaz sinov laboratoriyalar majmuasiga namunalar topshirildi.